» » Favqulodda vaziyatlar vaziri fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi

Favqulodda vaziyatlar vaziri fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi


10—11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish hamda taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti (FMXT) Bosh kotibi Vladimir Kuvshinov O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Tashrif doirasida, 8-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev Vladimir Kuvshinov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkiloti o‘rtasida 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik rejasi” istiqbollari muhokama etildi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют