» » Tarmoqlarda iPhone X’niki kabi “qirqim”ga ega Xiaomi Mi MIX 2s’ning suratlari paydo bo‘ldi

Tarmoqlarda iPhone X’niki kabi “qirqim”ga ega Xiaomi Mi MIX 2s’ning suratlari paydo bo‘ldi


Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi Mi MIX 2s hoshiyasiz smartfonining bir nechta suratlarini taqdim etdi. Qurilma Mi MIX 2 bilan iPhone X’ning “qorishmasi” kabi ko‘rinishga ega, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Xiaomi Mi MIX 2’ning selfiga mo‘ljallangan kamerasi smartfonning pastki qismida joylashgan. Suratlardan ko‘rish mumkinki, yangi qurilmaning pastki hoshiyasi ingichka bo‘ladi, kamera esa ekranning yuqori qismidagi qirqimdan joy oladi.

Mi MIX 2s ekranining yuqori qismi iPhone X’dagi kabi u-simon qirqimga ega bo‘ladi. Batareya holati, tarmoqning signal darajasi va shunga o‘xshash boshqa narsalar qirqimning o‘ng tomonida ko‘rinadi.

Aytish kerakki, Android’lar uchun dastur bu turdagi “qirqimlar”ni qayta ishlay olmaydi. Essential Phone smartfoni ekranining yuqori qismida shu kabi aylana qirqim bor, biroq ko‘plab dasturlar undan yuqoriga “ko‘tarila olmaydi”. Shu sababli displeyning yuqori qismi “o‘lik zona” hisoblanadi.

Hozircha Xiaomi Mi MIX 2s smartfoni haqidagi ma’lumotlar shunchaki mish-mishligicha qolmoqda.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют