» » AQSh O‘zbekiston bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor

AQSh O‘zbekiston bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni AQSh prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Kyortis 10—11-noyabr kunlari Samarqand shahri mezbonlik qiladigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSh delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, hozirgi vaqtda O‘zbekiston—Amerika muloqoti amaliy hamkorlik ruhida barqaror rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida Afg‘oniston va butun mintaqadagi vaziyat bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar Markaziy Osiyo teng huquqli va o‘zaro hamkorlik hududi bo‘lib qolishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

“Shu ma’noda, O‘zbekiston rahbariyatining yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini kengaytirish va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari va amaliy qadamlari muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Liza Kyortis AQSh rahbariyati O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda tutgan o‘rnini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan uzoq istiqbolga mo‘ljallangan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют