» » Alibaba jo‘natmalarni dronlar yordamida yetkazib bera boshladi

Alibaba jo‘natmalarni dronlar yordamida yetkazib bera boshladi


Xitoyning internet-savdo bilan shug‘ullanuvchi Alibaba xoldingi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan jo‘natmalarni yetkazib berishda foydalana boshladi, deb yozadi “Hi-Tech Mail.ru”.

31-oktabr kuni uchta dron og‘irligi 12 kilogramm keladigan oltita qutini Putyan shahridan Meychjou oroliga yetkazib berdi. Parvoz kuchli shamol sharoitida to‘qqiz daqiqa davom etdi.

Jo‘natmalarni yetkazib beruvchi dronlar Alibaba xoldingi tarkibiga kiruvchi Cainiao logistika kompaniyasi va Rural Taobao savdo platformasi hamda yana bir Xitoy texnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Dronlarning har biri yetti kilogrammgacha yukni ko‘tara oladi. Ulardan sarxil mahsulotlar va tibbiy vositalarni tezda yetkazib berishda foydalanish ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют