» » Fizaliyalardan gilam: Avstraliya qirg‘oqlariga minglab portugal kemachalari chiqib qoldi (video)

Fizaliyalardan gilam: Avstraliya qirg‘oqlariga minglab portugal kemachalari chiqib qoldi (video)


Avstraliyaning Rozdeyl shahri qirg‘oqlariga (Yangi Janubiy Uels shtati) minglab fizaliyalar chiqib qoldi. Buning oqibatida qirg‘oq temirga o‘xshash gilam bilan qoplandi, deb xabar berdi TravelAsk.

Fizaliyalar yoki portugal kemachalari — Avstraliya va ayrim Osiyo davlatlari qirg‘oq bo‘ylarida istiqomat qiluvchi dengiz jonzotlari. Bu juda zaharli jonzot bo‘lib, u hatto quruqlikda bo‘lsa ham odamni qattiq chaqishi mumkin. Fizaliyalar suv oqimi va shamol kuchi orqali guruh-guruh bo‘lib bir joydan boshqa joyga ko‘chadi.

Qirg‘oqqa chiqib qolgan fizaliyalarni mahalliy aholilardan biri tasvirga olgan. Uning aytishicha, har safar to‘lqinlar urilganida ko‘proq fizaliyalarni qirg‘oqqa chiqarib tashlagan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют