» » Olmazor tumanida ro‘y bergan YTHda Nexia avtomobili haydovchisi halok bo‘ldi

Olmazor tumanida ro‘y bergan YTHda Nexia avtomobili haydovchisi halok bo‘ldi


7-noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qnashgan mashinalardan birining haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Xabarnomada aytilishicha, 7-noyabr kuni tungi soat 03:30 larda Olmazor tumanidagi Shifonur va Qoraqamish ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi — 1968-yilda tug‘ilgan erkak kishi xushyor holatda Nexia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, mast holatdagi haydovchi — 1991-yilda tug‘ilgan erkak kishining boshqaruvidagi Spark avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi.

To‘qnashuv natijasida Nexia haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etdi.

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют