» » Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bunday dorilar soni 1250 tadan oshdi

Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bunday dorilar soni 1250 tadan oshdi


O‘zbekiston Adliya vazirligida retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatining yangi tahriri davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.

Yangi tahrirdagi ro‘yxatga 129 ta nomdagi yangi dori vositalari qo‘shildi, amaldagi ro‘yxatda mavjud bo‘lgan yuzta nomdagi dori vositasi esa chiqarib tashlandi.

Muqaddam retseptsiz beriladigan dori vositalari 1225 tani tashkil etgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1254 taga yetdi.

Ro‘yxatda belgilanishicha, dori vositalarining o‘ramlari, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qat’iy nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

Ro‘yxatning to‘liq matni bilan “Lex.uz”da tanishish mumkin.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют