» » Ayirboshlash shoxobchalari plastik kartalardan valyuta sotib olishni boshlaydi

Ayirboshlash shoxobchalari plastik kartalardan valyuta sotib olishni boshlaydi


O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, yuridik shaxs asos solmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini o‘z hisoblaridan tijorat banklarining konversion bo‘lmilaridan sotib olish huquqiga ega bo‘ldi.

Banklarning ayirboshlash punktlari chet el valyutasini faqat naqd shaklda emas, xalqaro plastik kartalardan ham xarid qiladi. Agar almashtiriladigan summa EKIHning 500 barobariga teng bo‘lsa yoki undan oshsa, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma (norezidentlar — pasport) taqdim etishi lozim bo‘lib, undan nusxa ko‘chiriladi.

Norezidentlar tomonidan chet eldan valyuta olib kirilganini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi asosida chet el valyutasining so‘mga almashtirilishida unga ma’lumotnoma berilib, shu asosda ishlatilmagan summani naqd shaklda qayta almashtirib olish mumkin bo‘ladi.

Nizomda aytilishicha, ayirboshlash puntlari bir davlat valyutasini boshqa davlatga naqd shaklda ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar ham o‘tkazadi.

Shuningdek, banklarga ayirboshlash punktlarida operatsiyalar chog‘ida beriladigan ma’lumotnomalarni mustaqil ravishda tayyorlashga ruxsat berildi. Oldin ular “Davlat belgisi” birlashmasi tomonidan tayyorlanar edi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют