» » Bloomberg: Saudiyalik milliarderlar mamlakatdan aktivlarini olib chiqib ketish yo‘llarini qidirmoqda

Bloomberg: Saudiyalik milliarderlar mamlakatdan aktivlarini olib chiqib ketish yo‘llarini qidirmoqda


Saudiyalik badavlat insonlar mintaqadan aktivlarini olib chiqish yo‘llarini qidirmoqda. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Agentlik suhbatdoshining bildirishicha, katta miqdordagi boylik egalari ularning aktivlari korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida davlat hisobiga o‘tib ketishi mumkinligidan cho‘chimoqda.

Aktivlarni Saudiyadan va mintaqaning boshqa davlatlaridan olib chiqib ketish yo‘llari banklar, kompaniya boshqaruvchilari va moliyaviy maslahatchilar tomonidan muhokama qilinmoqda. Bu muzokaralarning tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

O‘z navbatida, Bloomberg agentligiga intervyu bergan ekspertlar Saudiya Markaziy banki butun dunyo banklari bilan yaxshi aloqa o‘rnatgani, aktivlar harakatini kuzata olishini aytib, kapitalni mamlakatdan chiqarib ketish oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют