» » Toshkentda arzon buyumlarni qimmat narxlarda sotib, qalloblik qilib yurgan yana olti nafar sigan qo‘lga olindi

Toshkentda arzon buyumlarni qimmat narxlarda sotib, qalloblik qilib yurgan yana olti nafar sigan qo‘lga olindi


Toshkentda turli buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, ularni qimmat narxlarda sotib yurgan yana olti chet el fuqarosi ushlandi. Ular ham sigan millatiga mansubdir, ma’lum qiladi Toshkent shahar IIBB.

“Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga bir necha nafar chet el fuqarolari Toshkent shahridagi bozorlardan har xil turdagi buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, ularni fuqarolarga aldov yo‘li bilan qimmat narxlarda sotib kelayotganliklari haqida xabar kelib tushgan”, — deyiladi xabarnomada.

Xabar asosida 6-noyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tadbir davomida sigan millatiga mansub bo‘lgan Moldova, Rossiya va Ukraina fuqarolari aniqlandi.

Bu shaxslar Toshkent viloyatida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi “Abu Saxiy” bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va shu kabi boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda go‘yoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma’lum bo‘ldi.

Oldinroq shu kabi qalloblik bilan shug‘ullangan olti nafar moldovalik sigan qo‘lga olingan edi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют