» » Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi sobiq liftsozlik zavodi hududida tashkil etilgan sanoat majmuasida bo‘lib, viloyatda amalga oshirilayotgan yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi korxonalarida ishlab chiqarilgan yengil sanoat mahsulotlari namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Prezident sohada yaratiladigan har bir ishchi o‘rni muhim ekani, bu korxonalar istiqbolini belgilash va aholini doimiy ish bilan ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shu yerda terini qayta ishlash, charm-poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Davlat rahbari “Ideal Yelektroluks” O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika jihozlari, “Sino” aksiyadorlik jamiyatida tayyorlanayotgan muzlatkich va sovutkichlarni  ko‘zdan kechirib, mahsulotlarni tashqi bozorga yo‘naltirish, eksport imkoniyatlarini oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabri ziyoratidan boshlagan edi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют