» » Buyuk Britaniyada urush yillari mingdan ortiq yahudiyni qutqarib qolgan Oskar Shindlerga yozilgan minnatdorlik maktublari sotuvga qo‘yildi

Buyuk Britaniyada urush yillari mingdan ortiq yahudiyni qutqarib qolgan Oskar Shindlerga yozilgan minnatdorlik maktublari sotuvga qo‘yildi


Germaniyalik tadbirkor va gumanist Oskar Shindlerga (1908–1974) yozilgan 70 dan ortiq minnatdorlik maktubi auksionga qo‘yildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Oskar Shindler Ikkinchi jahon urushi yillari Gitler partiyasi a’zosi bo‘lgan hamda armiya bilan hamkorlikda tijorat yuritgan, ammo, natsistlarning vahshiyliklariga guvoh bo‘lgach, qarashlarini o‘zgartirgan va o‘z zavodida mingdan ortiq yahudiyni konsentratsion lagerlardan qutqarib qolgan.

Sotuvlar Angliya janubi-g‘arbidagi Somerset grafligida 8-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Lawrences Auctioneers auksion uyi maktublar to‘plamini 793 yevroga, tijoratchining tilla soatini esa 680 dollarga baholadi. Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan boshqa lotlar qatorida Oskar Shindlerga tegishli buyumlar — likopcha, musiqali soat va uning o‘zi fotosurati bor.

To‘plamga Shindlerga uning tomonidan qutqarib qolingan yahudiylar yozgan minnatdorlik xatlari kirgan. 1949-yili Shindlerlar juftligi Argentinaga ko‘chib ketgan edi. Maktublar o‘sha yerga yo‘llangan.

Stiven Spilberg tomonidan bu shaxs haqida “Shindler ro‘yxati” nomli film suratga olingan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют