» » Kevin Speysi “Jahonning barcha pullari” filmining hamma sahnalaridan kesib tashlanadi. Uning o‘rnini Kristofer Plammer egallaydi

Kevin Speysi “Jahonning barcha pullari” filmining hamma sahnalaridan kesib tashlanadi. Uning o‘rnini Kristofer Plammer egallaydi


Amerikalik rejissor Ridli Skott va Sony Pictures kinostudiyasi tayyorlab bo‘lingan “Jahonning barcha pullari” filmidan aktyor Kevin Speysi ishtirok etgan hamma kadrlarni kesib tashlaydi. Bu haqda, Deadline nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Bu kadrlar yangi aktyor — Kristofer Plammer ishtirokida qaytadan suratga olinadi.

Rejissor va prodyuserlar Kevin Speysi atrofidagi mojaro filmning prokatdagi muvaffaqiyatiga ziyon keltirishi va kinofestivallardagi mukofotlarga da’vogarlik qilish imkoniyatini tushirishini inobatga olib shunday qarorga keldi.

Qayta suratga olish ishlari darhol boshlanishi kutilmoqda. Ularda Mark Uolberg va Mishel Uilyams ishtirok etadi — ular ham Kevin Speysi bilan bir sahnalarda o‘ynagan edi. Syomka guruhi ishni filmning prokatga chiqishi kuniga — 22-dekabrga qadar tugatmoqchi.

Deadline ma’lumotiga ko‘ra, Speysi filmni suratga olish maydonchasida 8–10 kun ishlagan. Relizga qadar guruh sahnalarni qayta suratga olib, qaytadan montaj qilib chiqishga, shuningdek, reklama materiallarini tayyorlashga ulgurishi lozim.

Rejissor Ridli Skottning “Jahonning barcha pullari” filmi 1973-yili amerikalik milliarder Jan Pol Gettining nabirasi olib qochib ketilishiga bag‘ishlanadi. Kartina mavsumning eng kutilayotgan filmlaridan biridir.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют