» » Saudiya Arabistoni fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirdi

Saudiya Arabistoni fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirdi


Saudiya Arabistoni Livanda bo‘lib turgan fuqarolarini imkon qadar tezroq ushbu mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Livan Respublikasidagi vaziyat tufayli tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Livanda yashaydigan yoki vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolaridan ushbu mamlakatni imkon qadar tezroq tark etishga chaqirdi”, — deyiladi xabarnomada.

Idora, shuningdek, Livanga safarlarni to‘xtatib turishni tavsiya qildi. Bayonotda buning konkret sabablari keltirilmadi.

Oldinroq Saudiya Arabistoni Livanning “Hizbulloh” qurolli guruhi uyushtirgan hujumlarni urush e’lon qilishi sifatida baholashini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 00:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют