» » A’lochi o‘quvchining tongi: maktab nonushtasining uch siri

A’lochi o‘quvchining tongi: maktab nonushtasining uch siri


Maktab o‘quvchisi uchun to‘g‘ri nonushtaning asosiy qoidasi — u iliq bo‘lishi kerak. Iliq ovqat yaxshiroq hazm bo‘ladi, butun organizmni isitishga yordam beradi, hamma a’zolar faoliyatini ishga tushiradi.

Shuningdek, nonushtaning tarkibida glyukoza, kletchatka, oqsil, kalsiy bo‘lishini ta’minlashga harakat qiling.

Glyukoza — bu aql uchun ozuqa bo‘lib, u aqliy faoliyat uchun zarur. Lekin eng yaxshisi ratsionga shakarni kamroq, olma, nok, uzum, rezavor mevalar va quruq mevalarni esa ko‘proq qo‘shish kerak.

B guruh vitaminlari bolada xotira, diqqatni to‘play olish va stresslarga chidamlilik yaxshi shakllanishi uchun kerak. Ya’ni, ovqatning tarkibida albatta yormalar, dukkaklilar va yong‘oqlar bo‘lishi shart.

Oqsil, shu jumladan o‘simlik oqsili immunitet uchun kerak.

Kalsiy yaxshi kayfiyatni va o‘sayotgan organizmda suyaklar mustahkamligini ta’minlaydi.

Endi bu foydali moddalarning hammasini bolaga qanday yetkazishni o‘ylashimiz kerak.

Ovqatlanish bo‘yicha ekspertlar 3 asosiy taomlarni tavsiya qiladi.

Mutaxassislar quymoqni nonushta uchun yagona shart bilan juda muvofiq deb hisoblaydi: uni bolaga bir haftada ikki martadan ortiq bermaslik lozim. Chunki tuxumning bolalar uchun me’yori — bir haftada uch donadan oshmasligi kerak.

Quymoqqa kolbasa emas, balki sabzavotlar qo‘shish tavsiya qilinadi. Kletchatka ancha og‘ir ovqatlarni ham hazm qilishga yordam beradi.

Blinlarning shunisi yaxshiki, ularni hamma bolalar yaxshi ko‘radi. Nachinka sifatida — olma, tovuq, sabzavotlar ishlatish mumkin.

Manba: “7days.ru”

Опубликовано: admin (10-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют