» » Amerikalik erkak hovlisidagi basseyndan 300 kilogrammli sigir topib oldi

Amerikalik erkak hovlisidagi basseyndan 300 kilogrammli sigir topib oldi


Amerikaning Shimoliy Karolina shtati Nyuton shahrida yashovchi erkak o‘z hovlisidagi basseyndan sigir topib oldi. Bu haqda WBTV telekanali xabar bermoqda.

Hodisa 8-noyabr kuni yuz berdi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, unga basseynga nimadir tushib ketgandek tuyulgan.

U uydan chiqib, basseynni ko‘zdan kechirganida suv yuzini qoplagan plyonka ostidan ikkita shox ko‘rinib turardi. Plyonkani olib tashlagan uy egasi suvda turgan sarg‘ish sigirni ko‘radi. Shundan so‘ng u qutqaruvchilarni chaqirgan. Oradan ikki soat vaqt o‘tgach esa 300 kilogrammli sigirni basseyndan olib chiqishdi.

“Katoba okrugidagi yetti yillik ish faoliyatim mobaynida bu basseyndan topilgan birinchi sigir”, — deydi hayvonlar ustidan nazorat bo‘limi xodimi Jenna Arseno.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют