» » Shavkat Mirziyoyev: joriy yilda xorijlik sayyohlar Samarqand iqtisodiyotiga keltirgan foyda boshqa ko‘plab sohalardagidan yuqori

Shavkat Mirziyoyev: joriy yilda xorijlik sayyohlar Samarqand iqtisodiyotiga keltirgan foyda boshqa ko‘plab sohalardagidan yuqori


Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev viloyatning turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan loyihalarga ham alohida e’tibor qaratdi, deb yozadi O‘zA.

2017—2018-yillarda Samarqand viloyatining turistik salohiyatini rivojlantirish dasturi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Dasturga binoan 2018-yil viloyatda 19 mehmonxona qurilib foydalanishga topshiriladi. Natijada sohada mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Samarqand shahrida qo‘shimcha mehmonxonalar qurish uchun o‘ndan ortiq joy tanlangan. Jumladan, Turkiyaning “APEAS” kompaniyasiga 20 million dollar miqdorida investitsiya kiritish hisobiga 4 yulduzli mehmonxona qurish uchun yer ajratib berilgan. Zamonaviy mehmonxonalar bilan birga xorijiy sayyohlar orasida katta qiziqish uyg‘otadigan uy mehmonxonalar tizimini barpo etish rejalashtirilgan.

Prezident joriy yilda xorijdan kelgan sayyohlar viloyat iqtisodiyotiga keltirgan foyda boshqa ko‘plab sohalardagidan yuqori ekanini ta’kidladi. Viloyatda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, iqtisodiyot taraqqiyotiga yangicha sur’at berishi qayd etildi.

Davlat rahbarining viloyatga tashriflari chog‘ida bergan ko‘rsatmalari asosida Samarqand shahrining Cho‘ponota massivini obodonlashtirish, yangi avtomobil yo‘li ochish, shahar aholisi hamda sayyohlar uchun zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlari va mehmonxonalar barpo etish mo‘ljallanmoqda.

Viloyat turizmiga taalluqli yana bir yirik loyiha – Amir Temur ko‘chasidagi sobiq “Alpomish” zavodi hududida barpo etiladigan “Samarqand-Siti” turistik zonasidir. Shuningdek, Samarqand eshkak eshish kanali atrofida ham zamonaviy sayyohlik shaharchasi barpo qilinadi.

Prezident xorijlik mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan sayyohlik maskanlari loyihalari bilan tanishar ekan, turistik xizmatlarga bo‘lgan talab oshib borayotganini inobatga olib, sayyohlar uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют