» » Sirdaryoda 5,5 kg marixuanani 800 ming so‘mga sotayotgan fuqaro hibsga olindi

Sirdaryoda 5,5 kg marixuanani 800 ming so‘mga sotayotgan fuqaro hibsga olindi


6-noyabr kuni soat 20:30 larda Guliston tumanida yashovchi X.Avvalboyev “N” ismli shaxsga taxminan besh kilogrammga teng marixuana giyohvand moddasiga o‘xshash moddani 800 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, daliliy ashyolar olingan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra “N” ismli shaxsdan olingan o‘simlik modda tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bulib, bu modda “marixuana” deb atalishi, uning nam holdagi og‘irligi 5468 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 7-noyabr Guliston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan X.Avalboyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi (qonunga xilof ravishda giyohvandlik moddasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют