» » Fransiyalik ekspertlar Rossiya yoki Qozog‘istonda radiatsiyaviy sizib chiqish holati yuz berganini ma’lum qildi

Fransiyalik ekspertlar Rossiya yoki Qozog‘istonda radiatsiyaviy sizib chiqish holati yuz berganini ma’lum qildi


Fransiyaning Yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik instituti (IRSN) Yevropa uzra suzib yurgan radioaktiv bulutni aniqladi. “Kommersant”ning mutaxassislar hisob-kitobiga asoslanib xabar berishicha, ushbu bulut Qozog‘iston yo Rossiyada joylashgan obyektda yuz bergan sizib chiqish oqibatida paydo bo‘lgan.

IRSN'ning taxminicha, sizib chiqish holati sentabr oyi oxirida, yadroviy yonilg‘ini qayta ishlash markazida yoki tibbiyot muassasasida qayd etilgan. Fransiyalik ekspertlar biror bir atom reaktorida avariya yuz bergan bo‘lishi mumkinligiga doir taxminlarni istisno etdi.

Sizib chiqish qayd etilgan joy Ural tog‘laridan janubroqda joylashgan. “Rossiya hukumati o‘z hududida biror avariya yuz bergani haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi”, — deya IRSN direktori Jan-Mark Peresning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.

Uning aytishicha, radioaktiv bulut tarkibida ruteniy-106 izotoplari bor. IRSN mazkur sizib chiqish holatini jiddiy deb hisoblamoqda. Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday bulutning hosil bo‘lishiga olib kelgan avariya munosabati bilan odamlar muhofazalangan inshootlarga ko‘chirilishi kerak.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют