» » OFK O‘zbekistonda 3 ta mini-futbol maydoni quradi va qo‘shimcha 600 ming dollar ajratadi. Shayx Salmon esa Toshkentga keladi

OFK O‘zbekistonda 3 ta mini-futbol maydoni quradi va qo‘shimcha 600 ming dollar ajratadi. Shayx Salmon esa Toshkentga keladi


Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Halifa 3-dekabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha — 9-noyabr kuni O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Kuala-Lumpurda OFK yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazib, bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishgan hamda Shayx Salmonni Toshkentga taklif qilgan.

Tashrifi davomida Shayx Salmon bir qator loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, 4-dekabr kuni “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladigan O‘zbekiston Kubogining final uchrashuviga keladi hamda g‘olib jamoaga mamlakat kubogini shaxsan topshiradi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, OFK O‘zbekistonning uch nuqtasi — Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bolalar uchun mo‘ljallangan mini-futbol maydonchalari qurib beradi. Qo‘shimchasiga “Chig‘atoy” o‘rnida barpo etilgan terma jamoalar markaziga qarashli sun’iy qoplamali maydon to‘laligicha rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, OFK bu ish uchun yana 600 ming AQSh dollari beradi.

Shayx Salmon 5-dekabr kuni ortga qaytadi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют