» » Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurilishi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarnomada aytilishicha, tashrif doirasida o‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan ushbu majmua qoshida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi barpo etilmoqda. Prezident Imom Buxoriy majmuasi, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va hududda joylashadigan boshqa infratuzilma inshootlari konsepsiyasi bilan tanishdi. U markaz konsepsiyasida ziyoratchilarga qulayliklar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Majmua hududida choyxona, savdo shoxobchalari, favvora va boshqa zarur obyektlar qurish rejalashtirilgan. Ikki yon tomonda landshaft dizayni asosida mahalliy sharoitga mos butazor va gulzorlar tashkil etish mo‘ljallangan.

Davlat rahbari markaz qurilishini zamonaviy va milliy me’morlik an’analarini uyg‘unlashtirgan holda amalga oshirish, bunyodkorlik ishlarida sifatli qurilish materiallaridan foydalanish, hududda ziyorat turizmini keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan mutasaddilarga tavsiyalar berdi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют