» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2,9 milliard dollar investitsiya kiritadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2,9 milliard dollar investitsiya kiritadi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2018–2020-yillarda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan operatsiyalarning 2,9 milliard dollar qiymatdagi biznes-rejasini tasdiqladi. Bu haqda bank vitse-prezidenti, O‘zbekistonga tashrif buyurgan Vensay Jang bosh vazir Abdulla Aripov 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qildi, deb xabar beradi Uz24.

Biznes-reja energetika, transport va shahar rivojlanishi sektorlarida infrastrukturalarni yaxshilash, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, shuningdek, kichik va o‘rta biznes va agrnobiznes moliyalashtirilishini kengaytarishga qaratilgan investitsion loyihalar portfelini o‘z ichiga oladi.

“OTB, shuningdek, xususiy sektor hamda davlat-xususiy hamkorlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqadi”, — deyiladi bank xabarnomasida.

OTB vitse-prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Pop – Namangan – Andijon” temir yo‘li elektrifikatsiyasi loyihasi bo‘yicha 80 million dollar qiymatdagi zayom kelishuvi imzolandi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют