» » Politico nashri Putinning “qiz jiyani” haqida ma’lumot keltirdi

Politico nashri Putinning “qiz jiyani” haqida ma’lumot keltirdi


Politico gazetasi o‘zini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jiyani deb tanishtirib, Donald Trampning saylovoldi shtabi xodimi Jorj Papadopulos bilan uchrashgan Rossiya fuqarosining ismini keltirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, ayolning ismi-sharifi — Olga Vinogradova — Rossiyaning AQShdagi prezident sayloviga aralashuvini taftish qilayotgan tergovchilar tomonidan aniqlangan.

Papadopulos Olga Vinogradovani 2016-yil bahoridagi kampaniya chog‘ida elektron yozishmalarida tilga olgan edi. Ammo ayol haqida boshqa tafsilotlar bu maktublarda keltirilmagan.

Oldinroq Kolumbiya federal okrugi sudi Papadopulos prezidentlik kampaniyasi chog‘ida Kremldagi aloqalari haqida gapirib, Putin bilan uchrashuv tashkil etib berishni taklif qilganini aniqlagan edi. Maslahatchi etib tayinlanishidan uch kun oldin u shtab vakillariga Putinning jiyani bo‘lmish ayol bilan tanishganini aytgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, erkak keyinchalik bu ayol Rossiya prezidentiga qarindosh emasligini aniqlagan.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют