» » Filippin prezidenti qotillik sodir etganini tan oldi

Filippin prezidenti qotillik sodir etganini tan oldi


Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘smirligida bir pichoqbozlik chog‘ida qotillikka qo‘l urganini tan oldi. Bu haqda Duterte Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC News.

Filippin yetakchisining so‘zlariga qaraganda, o‘shanda u 16 yoshda edi. Dutertening rasmiy vakili bu gaplar hazil ekanligini aniqlashtirishga shoshildi.

“Prezident chetda turib filippinliklarga murojaat qilganida har doim yorqin lingvistik uslublarni qo‘llaydi”, — tushuntirdi u.

2015-yili Duterte 17 yoshida plyajda ro‘y bergan pichoqbozlikda bir kishini o‘ldirganini tan olgan edi. Bu safar ham u aynan shu voqeani nazarda tutgan-tutmagani noma’lumligicha qoldi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют