» » Shavkat Mirziyoyev Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etgan Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilgan holda, energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizm tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy sanoat korxonalari va logistika markazlari barpo etish bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Nixat Zeybekchi Shavkat Mirziyoyevga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Turkiya oliy darajada erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar to‘la amalga oshirilishining qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют