» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdori

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdori


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi. Davlat rahbati o‘z nutqida O‘zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdoridir.

Davlatlarimiz aynan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini yanada samarali amalga oshira oladi.

Ishonchim komil, bundan barcha – Markaziy Osiyo davlatlari ham, boshqa mamlakatlar ham birdek manfaat ko‘radi.

Bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat

Biz bugun taraqqiyotimizning umumiy ustuvor yo‘nalishlarini anglagan holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir mintaqaviy masalalarni yechish bo‘yicha oqilona murosa yo‘lini izlamoqdamiz.

Bugungi konferensiya doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tomonidan Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida shartnoma imzolandi. 

Ushbu shartnoma muddatsiz bo‘lib, denonsatsiya qilinmaydi, u uch qo‘shni davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.

So‘nggi paytda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan muammolardan biri deyarli hal etildi.

Transport sohasidagi hamkorlik kengaydi. Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi hududlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar faollashmoqda.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (11-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют