» » Maykl Flinnga Gulenning Turkiyaga ekstraditsiyasida yordam ko‘rsatishi uchun 15 million dollar taklif qilishgan

Maykl Flinnga Gulenning Turkiyaga ekstraditsiyasida yordam ko‘rsatishi uchun 15 million dollar taklif qilishgan


Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn va uning o‘g‘li kichik Maykl Flinn Fathulloh Gulenni AQShdan Turkiyaga ekstraditsiya qilishga yordam berishlari uchun 15 million dollar qo‘lga kiritishi mumkin edi. Bu haqda The Wall Street Journal’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Flinn va Turkiya rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralardan xabardor bo‘lgan nashr manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq maslahatchi va uning o‘g‘li Gulenni Turkiya hukumatiga topshirilishi uchun kamida 15 million dollar olishi kerak bo‘lgan.

Shuningdek, FQBning tergovidan xabardor bo‘lgan manbalarning ma’lum qilishicha, byuro xodimlari 2016-yilning dekabr oyi o‘rtalarida Flinning turk hukumati vakillari bilan Manxettendagi “21” restoranida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yuzasidan kamida to‘rt kishini so‘roq qilgan. Aynan ushbu uchrashuvda Flinn va uning turkiyalik suhbatdoshi Gulenni topshirish masalasini muhokama qilgan. U vaqtda Flinn hali Oq uyda ishlamas edi.

Xususan, ular Gulenni Imrali orolidagi qamoqxonaga shaxsiy samolyotda ko‘chirish imkoniyati to‘g‘risida so‘zlashgan. Shunga qaramay, The Wall Street Journal’ga ushbu uchrashuv haqida ma’lumot bergan manbalar unda shaxsan ishtirok etmagan va tafsilotlar borasida Flinn yoki uning yordamchilari tomonidan xabardor qilinmagan.

Bundan tashqari, nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda FQB ushbu tergovni 2016-yilgi prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi bilan shug‘ullanayotgan maxsus prokuror Robert Myullerga topshirgan.

Ota-bola Flinnlarning advokatlari bu haqida biror-bir fikr bildirishdan bosh tortdi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют