» » Messi boshchiligidagi Argentina termasi Rossiyani ofsayddan urilgan gol evaziga mag‘lub etdi

Messi boshchiligidagi Argentina termasi Rossiyani ofsayddan urilgan gol evaziga mag‘lub etdi


Rossiya va Argentina milliy terma jamoalari Moskva shahrida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bellashuv argentinalik futbolchilarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

O‘yindagi yagona gol 86-daqiqada “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero tomonidan urildi. Bu gol ofsayddan keyin yuzaga kelganini takroriy lavhalar ko‘rsatib berdi.

Messi hujum boshlab, o‘ng qanotda turgan Pavonga to‘pni yetkazib berdi. Hujum tez rivojlangani uchun, qanot hakami Pavon voqealar rivojidan ilgarilab ketganini sezmadi. O‘z navbatida Pavonning pasidan keyin Aguero uchrashuvda yagona bo‘lib qolgan golni kiritdi.

14-noyabr kuni Rossiya termasi Ispaniya bilan raqobat olib boradi. FIFA kunlarining oktabrdagisida JCh—2018 mezboni Rossiya Janubiy Koreya ustidan 4:2 hisobida zafar quchgan, Eronni esa yenga olmagandi — 1:1.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют