» » Samarqand hokimi viloyatning o‘zidan avvalgi rahbarini tuman hokimi etib tayinladi

Samarqand hokimi viloyatning o‘zidan avvalgi rahbarini tuman hokimi etib tayinladi


Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev viloyatning o‘zidan avvalgi rahbari — Himmat Oqbo‘tayevni Qo‘shrabot tumani hokimi etib tayinladi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 11-noyabr kuni xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada qatnashgan viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayevning tavsiyasi bilan Himmat Oqbo‘tayev tuman hokimi etib tayinlangan.

Himmat Oqbo‘tayev 2016-yil 23-dekabridan 2017-yil 12-iyuniga qadar Samarqand viloyatiga hokimlik qilgan edi. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida ishdan olingan edi.

Himmat Oqbo‘tayev o‘rniga o‘z vaqtida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga rahbarlik qilgan Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 9-noyabr kuni uning lavozimidan “vazifasini bajaruvchi” qo‘shimchasi olib tashlandi.

Ma’lumot uchun, Qo‘shrabot tumaniga shu vaqtgacha A’zamxon Bahromov hokimlik qilib kelayotgan edi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют