» » Saudiya boshliq arab koalitsiyasi Yamandagi ikki aeroportni ochdi

Saudiya boshliq arab koalitsiyasi Yamandagi ikki aeroportni ochdi


Yamandagi isyonchi xusiylarga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazayotgan Saudiya Arabistoni boshliq arab davlatlari koalitsiyasi Yamanning Adan va Sayvun shaharlaridagi ikki aeroportni ochdi. Bu haqda Yaman transport vaziri Murod al-Halimiy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Uning qayd etishicha, Adan aeroporti Yaman hukumat qo‘shinlari nazorati ostida qolmoqda. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Yemen Airways milliy aviakompaniyasi 12-noyabrdan parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Avvalroq koalitsiya Adan va al-Muqalla shaharlaridagi dengiz portlarini ham ochgan edi.

Yamanning havo va dengiz bandargohlari arab koalitsiyasi tomonidan 6-noyabr kuni yopib qo‘yilgan edi. Bunga Yaman hududidan ballistik raketa uchirilgani sabab bo‘lgan — raketa Saudiya poytaxti Ar-Riyad shahri yaqinida urib tushirilgan edi.

Koalitsiya ma’lumotlariga ko‘ra, isyonchi xusiylar ushbu ballistik raketani Erondan kontrabanda yo‘li bilan olgan. Xususan, AQSh prezidenti Donald Tramp ham mazkur raketa uchirilishida Eronni ayblab chiqqan edi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют