» » Toshkentda sobiq xo‘jayinining qiziga aloqador “nozik ma’lumotlar”ni ovoza qilmaslik uchun 12 ming dollar talab qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkentda sobiq xo‘jayinining qiziga aloqador “nozik ma’lumotlar”ni ovoza qilmaslik uchun 12 ming dollar talab qilgan haydovchi qo‘lga olindi


Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tovlamachilik jinoyati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, 10-noyabr kuni shahar IIBBga bir ayol ariza bilan murojaat qilib, bundan bir necha yil muqaddam uning oila a’zolariga haydovchilik xizmatini ko‘rsatgan Bekzod ismli shaxs 2017-yil avgustidan beri unga tahdid qilayotganini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Bekzod ismli shaxs haydovchi bo‘lib ishlagan vaqtida arizachi ayolning qizi erkaklar bilan yaqin aloqada bo‘lgani, unda mazkur holatni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjudligini bildirgan.

Ayni vaqtda, bu ma’lumotlarni sirligicha qolishi uchun 12 ming dollar pul talab qilgan. “Aks holda ushbu ma’lumotlarni ayolning kuyovi hamda kuyovning yaqin qarindoshlariga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan”, — deyiladi IIBB axborotida.

Ushbu ariza asosida 10-noyabr kuni tovlamachini qo‘lga olish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada soat 14:30 da, Mirobod tumani hududida 1982-yilda tug‘ilgan Bekzod Rahimov talab qilingan pulning bir qismi sifatida 3 ming dollar olgan vaqti ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, o‘zgadan mulkiy manfaatlar berishni talab qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Bekzod Rahimovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют