» » Buenos-Ayres aeroportida dron Boeing samolyotiga urildi

Buenos-Ayres aeroportida dron Boeing samolyotiga urildi


Aerolineas Argentinas samolyoti Buenos-Ayres aeroportiga qo‘nish chog‘ida uchuvchisiz uchish qurilmasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda aviakompaniya ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Dron Boeing 737-800 samolyotining tumshug‘iga urildi. Hodisadan so‘ng kema parvozdan chetlatildi va texnik ko‘rikka jo‘natildi.

“U to‘g‘ri tumshuqqa kelib urildi. Agar dvigatelga to‘qnash kelganda, uni sindirgan bo‘lardi. Dron endi boshqa uchmasa kerak”, — vaziyatga izoh berdi kema uchuvchisi.

Qurilma aeroport hududiga qanday kelib qolgani ma’lum emas, hozirda rasmiylar uning operatorini topishga urinmoqda.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют