» » Chilonzorda 20 million so‘mdan ortiq qimmatliklarni o‘g‘irlagan talonchilar guruhi ushlandi

Chilonzorda 20 million so‘mdan ortiq qimmatliklarni o‘g‘irlagan talonchilar guruhi ushlandi


Poytaxtning Chilonzor tumani huquq-tartibor idoralari xodimlari katta miqdordagi mablag‘ni talonchilik yo‘li bilan o‘g‘irlagan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Xabarnomada aytilishicha, 18-oktabr kuni soat 8:00–19:00 da noma’lum shaxs Chilonzor tumani hududida fuqaro Sobirova Gulnora Ma’murovnaning xonadoniga eshikni buzib kirib, unga tegishli 17 million so‘m pul va bahosi 4 million so‘m bo‘lgan LG rusumli televizorini o‘g‘irladi.

Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik, ya’ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni muqaddam sudlangan G‘ulomov Dilshod Zuhriddinovich, Usmanov Ilfat Demurshaxovich va Teplenskaya Yuliya Yuryevnalar sodir etgani aniqlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют