» » Kiyev yaqinida Audi’ni surayotgan odamlarga Daewoo kelib urildi (video)

Kiyev yaqinida Audi’ni surayotgan odamlarga Daewoo kelib urildi (video)


Ukraina poytaxti Kiyev shahridan chiquvchi Brest-Litovskiy shossesida Daewoo mashinasi boshqa avtomobilni surib ketayotgan odamlarga kelib urildi. Jabrlangan to‘rt kishi kasalxonaga jo‘natilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, YTH ishtirokchisi bo‘lgan Audi avtomobilida yoqilg‘i tugab qolgan. Haydovchi mashinani yo‘lning chetida to‘xtatgan. Avtomobilda ketayotgan odamlar undan tushib, eng yaqin AYoQShgacha surib borishni boshlagan. 30 metrdan so‘ng “VAZ” avtomobili ularga yordam berish uchun to‘xtagan va Audi’ni shatakka olmoqchi bo‘lgan. Shu lahazada Daewoo katta tezlikda kelib, Audi’ning ortidan surib ketayotgan odamlarga urilgan va ularni ikki mashina o‘rtasiga qisib qo‘ygan.

YTH oqibatida shoshilinch ravishda to‘rt kishi kasalxonaga yuborilgan. Daewoo haydovchisining spirtli ichimlik ichganligi yoki yo‘qligi yuzasidan o‘tkazilgan test 0,00 natija ko‘rsatgan.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют