» » Tramp Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni yoqlamaydiganlarni “alamzadalar va ahmoqlar” deb atadi

Tramp Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni yoqlamaydiganlarni “alamzadalar va ahmoqlar” deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Vyetnamda bo‘lib o‘tgan APEC sammiti doirasidagi uchrashuviga baho berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdim. Suriya bo‘yicha yaxshi muhokama bo‘ldi. Xavfli Shimoliy Koreya tangligini bartaraf etishda u va Xitoyning yordamiga umid qilaman. Bu borada oldinga siljidik,”— degan yozuv qoldirdi AQSh prezidenti Twitter’dagi sahifasida.

Shuningdek, Tramp Rossiya bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish foyda keltirishini bildirib, bunga qarshi chiqayotganlarni tanqid ostiga oldi.

“Qachon barcha alamzadalar va ahmoqlar Rossiya bilan yaxshi munosabatlar biz uchun ijobiy holat ekanligini anglab yetadi? Ular doim siyosatni o‘yin qiladi, bu esa mamlakatimiz uchun yomon. KXDR, Suriya, Ukraina, terrorizm masalalarini hal etishni istayman, Rossiya esa bunda juda katta yordam berishi mumkin!” — qo‘shimcha qildi Tramp.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют