» » JCh—2018. Yevropa pley-offida ilk durang. Daniya o‘z uyida irlandlarni yenga olmadi

JCh—2018. Yevropa pley-offida ilk durang. Daniya o‘z uyida irlandlarni yenga olmadi


Rossiya—2018 mundiali uchun harakat qilayotgan Yevropaning 8 mamlakati pley-offning dastlabki o‘yinlarini to‘liq yakunladi.

Uning so‘nggi to‘qnashuvida Daniya termasi o‘z maydonida Irlandiyani yenga olmadi — 0:0. Bungacha Italiya safarda Shvetsiyadan yengilgan bo‘lsa, Xorvatiya Gretsiyadan yirik hisobda ustun kelgan, Shveysariya Shimoliy Irlandiyada zafar quchishga erishgandi.

Daniya saralashda Polsha soyasida qolgandi. Guruhda ular Ruminiya, Chernogoriya kabi termalardan ustunroq bo‘la olgan. Irlandiyaning kuchi esa Serbiyaga biroz yetmagan, ammo ular Avstriya, Uels kabilardan oldinroqda bo‘lishni uddalay olgandi. Irlandiya va Daniyaning javob to‘qnashuvi 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Pley-offning javob bellashuvlari bugundan start oladi.

12-noyabr, yakshanba

Shveysariya — Shimoliy Irlandiya

Gretsiya — Xorvatiya

13-noyabr, dushanba

Italiya — Shvetsiya

14-noyabr, seshanba

Irlandiya — Daniya

Опубликовано: admin (12-11-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют