» » Meksikada avtobus bilan to‘qnashuvda dafn mashinasida marhumni olib ketayotgan to‘rt kishi halok bo‘ldi

Meksikada avtobus bilan to‘qnashuvda dafn mashinasida marhumni olib ketayotgan to‘rt kishi halok bo‘ldi


Meksikada yo‘lovchi avtobusining dafn marosimi mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda Sakatekas shtati jamoat xavfsizligi vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi  “Vesti.ru”.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dafn marosimi mashinasida marhumni olib ketayotgan ikki erkak va ikki ayol halok bo‘ldi.

Shuningdek, avtobus haydovchisi va yo‘lovchilaridan biri ham avariya joyida olamdan o‘tdi.

YTH sabablari ma’lum qilinmadi. Avtobus Mexikodan Chiuaua shtatidagi Syudad-Xuares shahriga yo‘l olgandi.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют