» » Xalqaro kosmik stansiyaga yuk olib ketayotgan Antares raketasi start oldi

Xalqaro kosmik stansiyaga yuk olib ketayotgan Antares raketasi start oldi


Atlantika okeanidagi Uollops orolida (Virginiya shtati) joylashgan kosmodromdan Antares tashuvchi raketasi start oldi. Uchirish translyatsiyasini NASA agentligi olib bordi, deb xabar beradi “TASS”.

Tashuvchi raketa Cygnus yuk kemasini fazoga olib chiqadi. Kema Xalqaro kosmik stansiyaga uch tonnadan ortiq yuk, jumladan, oziq-ovqat, kiyim-kechak va ilmiy eksperimentlarga mo‘ljallangan asbob-uskuna yetkazishi lozim.

Ayni paytda parvoz odatiy rejimda davom etmoqda.

Parvoz dastlab 11-noyabrga mo‘ljallangan edi, ammo startdan bir daqiqa oldin to‘xtatilib, bir kunga kechiktirilgan edi. Start maydonchasi zonasida havo kemasining paydo bo‘lishi bunga sabab sifatida ko‘rsatildi. Keyinchalik bu sohildan 10 kilometr narida 150 metr balandlikdan uchib o‘tgan yengil samolyot bo‘lgani aniqlandi.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют