» » IShID jangarilari AQShning Iroqdagi sobiq bazasini qabristonga aylantirdi

IShID jangarilari AQShning Iroqdagi sobiq bazasini qabristonga aylantirdi


Iroq harbiylari Kirkuk viloyatida IShID jangarilari qatl etgan 400 ga yaqin kishi dafn etilgan qabristonni topdi. Halok bo‘lganlarning aksariyati turli yoshdagi erkaklardan iborat, deb xabar beradi “TASS”.

Qabriston AQShning hukumat kuchlari tomonidan bir oy avval ozod qilingan al-Xavija shahri yaqinidagi sobiq bazasi hududidan topildi.

Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Rayhon al-Jobiriy qabriston topilganini tasdiqladi va Iroq rasmiylarini halok bo‘lganlar shaxsini aniqlashga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Iroq va Suriya harbiylari yil boshidan beri IShIDning 5200 dan ortiq qurboni ko‘milgan 72 ta qabristonni topdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют