» » Turkiyada Telman Ismolilov qurgan mehmonxona talon-taroj qilinmoqda

Turkiyada Telman Ismolilov qurgan mehmonxona talon-taroj qilinmoqda


Moskvadagi Cherkizovo bozorining sobiq egasi Telman Ismoilov tomonidan Turkiyaning Antalya shahrida 2009-yili qurilgan Mardan Palace mehmonxonasidan noma’lum shaxslar tilla suvi yuritilgan dekor qismlarini buzib, olib ketmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Mardan Palace to‘lanmagan qarzlar tufayli elektrdan uzilgan, xodimlar mehmonxona hududini tark etgan, signalizatsiya esa o‘chirib qo‘yilgan.

Shundan so‘ng mehmonxonaga tungi payt o‘g‘rilar oralay boshladi, ular tilla suvi yuritilgan devorning kamida yetti seksiyasi va dekorning bog‘ga tegishli buyumlarini o‘marishga muvaffaq bo‘ldi.

Mardan Palace Turkiyadagi eng hashamatli mehmonxona sanalar, uning qurilishiga 1,4 milliard dollar xarajat qilingandi. 2009-yili bo‘lib o‘tgan va Gollivud yulduzlari ishtirok etgan ochilish marosimining o‘ziga 35 million dollar sarflangandi.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют