» » 14 yil Oliy Ligada to‘p surgan va “Bunyodkor”da murabbiy bo‘lib ishlayotgan Akmal Risqullayev olamdan o‘tdi

14 yil Oliy Ligada to‘p surgan va “Bunyodkor”da murabbiy bo‘lib ishlayotgan Akmal Risqullayev olamdan o‘tdi


“Bunyodkor” futbol akademiyasida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolchi Akmal Risqullayev olamdan o‘tdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Risqullayev “Bunyodkor” futbol akademiyasida 8—9 yoshli bolalarga futbol saboqlarini o‘rgatib kelayotgandi. Yaqindagina u boshchilik qilayotgan va 2002-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoa Janubiy Koreyadagi xalqaro turnirda chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

1979-yilning 24-oktabrida tug‘ilgan Akmal Risqullayev “Paxtakor” futbol maktabidan yetishib chiqqan. Uni Oliy Ligaga birinchi bo‘lib Rustam Mirsodiqov taklif qilgandi. 14 yillik professional faoliyati davomida Akmal Risqullayev “Sho‘rtan”, “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Traktor”, “Dinamo”, “Qizilqum” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, sobiq futbolchi Qozog‘istonning “Yassi Sayram” klubida bir mavsum to‘p tepgan.

Risqullayevning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют