» » Afrika shimolida bayram. Misrdan keyin Tunis va Marokash ham JCh—2018 chiptasiga ega chiqdi

Afrika shimolida bayram. Misrdan keyin Tunis va Marokash ham JCh—2018 chiptasiga ega chiqdi


Kelasi yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan JCh—2018 ishtirokchilari soni 28 taga yetdi. Endilikda ular orasida Tunis va Marokash termalari ham bor.

FIFA Afrika qit’asiga 5 ta kvota ajratgandi. Bungacha Nigeriya, Misr va Senegal termalari mundial missiyasini ijobiy hal qilgan bo‘lsa, saralashning so‘nggi turidan keyin ular safiga Tunis va Marokash ham qo‘shildi.

Tunis termasi saralashda Kongo, Liviya va Gvineyani ortda qoldirdi. Mazkur mamlakat ketma-ket uch mundial — Fransiya, Yaponiya va Janbiy Koreya, Germaniyada ishtirok etgan bo‘lib, JAR—2010 va Braziliya—2014 dan chetda qolib ketgandi. Endi ular Rossiya—2018 uchun qaytdi.

Marokash termasi ham Tunis kabi saralashni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishga erishdi. Bunda ularning raqiblari ancha jiddiy edi: Kot-d’Ivuar, Gabon, Mali. Shunga qaramay, marokashlik futbolchilar o‘z irodasini namoyish qilib, Jahon Chempionatiga yo‘llanma oldi. So‘nggi turda ular prinsipial o‘yinni Ivuarda o‘tkazib, 2:0 hisobida zafar quchishga erishdi.

Marokashliklar uchun Jahon Chempionati 1998-yildan buyon armon bo‘lib kelayotgandi. Ular orada 4 ta mundialni o‘tkazib yuborib, va nihoyat katta sahnaga qaytdi. “Sports.ru” ma’lumotiga ko‘ra, Marokash safida hal qiluvchi o‘yinni o‘tkazgan 11 futbolchidan faqatgina 1 nafari Marokashda tug‘ilgan. Yana 4 futbolchi Fransiyada, 4 nafari Gollandiyada hamda 2 nafari Ispaniyada dunyoga kelgan, shunga qaramay, asl vatani bo‘lmish Marokash uchun maydonga tushgan.

Nashr manbasiga ko‘ra, Belgiyada istiqomat qilishni afzal bilgan marokashliklar soni bugunga kelib anchaga yetib qolgan. Birgina Bryusselning o‘zida 100 mingga yaqin marokashlik bor. Terma jamoa JCh chiptasini qo‘lga kiritgach, ular ko‘chada bayram qilgan va salkam 1,5 ming marokashlik tartibsizlik keltirib chiqargan. Oqibatlar quyidagi suratlarda aks etgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют