» » Rossiya Tojikistonga 40 ga yaqin samolyot va vertolyotlarni ko‘chirib o‘tkazdi

Rossiya Tojikistonga 40 ga yaqin samolyot va vertolyotlarni ko‘chirib o‘tkazdi


Rossiya Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ning tezkor javob ko‘rsatish kollektiv kuchlarining o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Markaziy harbiy okrugdan 40 ga yaqin samolyot va vertolyotlarni Tojikistonga ko‘chirib o‘tkazdi, deb yozadi “RBK” MHO qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkinga tayanib.

Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, rossiyalik uchuvchilar qo‘shinlar joylashtirilishini havodan qo‘riqlab turadi, shartli dushman marralariga zarbalar beradi, harbiy yuklarni yetkazib beradi, shuningdek, desant tushiradi.

Harbiy o‘quv mashqlari Tojikistonda 10-noyabrda boshlangan bo‘lib, 20-noyabrgacha davom etadi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari qatnashmoqda.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют