» » Kremlda Putinning nomzodini prezidentlikka qo‘yish ssenariysi muhokama qilinmoqda

Kremlda Putinning nomzodini prezidentlikka qo‘yish ssenariysi muhokama qilinmoqda


Kremlda Vladimir Putin 2018-yil martidagi prezident saylovlarida qatnashishi haqida qachon va qay tarzda e’lon qilishini muhokama qilishmoqda, deb yozadi “RBK”.

Rossiya prezidenti o‘z niyati haqida ommaga e’lon qilmagan bo‘lsa-da, saylovda qatnashishga qaror qilgan. Bu haqda nashrga federal mansabdor ma’lum qildi. Bugungi kunda Putinning nomzodini ilgari surishning bir nechta ssenariylari bor.

U o‘z qarori haqida Federatsiya Kengashi saylov kunini e’lon qilishigacha yoki undan keyin ma’lum qiladi. Saylovlar 2018-yilning 18-martida bo‘lib o‘tadi. Saylov kampaniyasini 7—17-dekabr davriga belgilashadi.

Bazaviy konsepsiya shundan iboratki, Putin saylovlar rasman belgilanganidan keyin, “Yagona Rossiya”ning 22—23-dekabrdagi qurultoyigacha e’lon qilishi mumkin. Shuningdek, Putin o‘z nomzodini qo‘yishi haqida yanvarning boshida e’lon qiladi, degan variant ham bor.

Bundan tashqari, nashr manbasi aytishicha, Putin o‘z niyati haqida birorta hududga safari chog‘ida (ishchilardan biri shunday savol bergan paytda) e’lon qilishi yoki taniqli kishilar ishtirokida maxsus yirik tadbirni tashkil qilib, o‘sha yerda e’lon qilishi mumkin.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют