» » Kiyevlik ayol 9-qavatdan tushib ketayotgan qo‘shnisini oyog‘idan tutib qolib, uning hayotini qutqardi

Kiyevlik ayol 9-qavatdan tushib ketayotgan qo‘shnisini oyog‘idan tutib qolib, uning hayotini qutqardi


56 yoshli kiyevlik o‘qituvchi ayol Olga Mixaylenko o‘z xonadoni balkonida ochiq deraza yonida turib, tepadan tushib ketayotgan qo‘shnisini oyog‘idan ushlab qoldi, deya xabar bermoqda “Fakty.ua”.

O‘qituvchining qo‘shnisi, pensioner erkak rafiqasi bilan janjallashib qolganidan keyin balkondan sirpanib, tushib ketgan, Olga Mixaylenko esa u yerga qulashni boshlagan vaqtda to‘pig‘idan ushlab qolishga ulgurgan, chunki erkak bir necha soniya davomida o‘z balkonidagi gultuvakka osilib turgan, ammo so‘ng qo‘llari charchab, barmoqlari ochilib ketgan.

Ayol qattiq siltanib, beligacha balkondan chiqib qolgan va shu holatda qo‘shnisini yarim soat tutib turgan. Bu vaqt ichida ayolning o‘g‘li yordamga odamlarni chaqirib kelgan, ular birgalikda pensionerni xonadonga chiqarib olgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют