» » “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining finali uchun yangi video prevyu ishlandi

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining finali uchun yangi video prevyu ishlandi


4-dekabr kuni “Bunyodkor” stadioni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final o‘yiniga mezbonlik qiladi.

Hal qiluvchi o‘yinga “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari yetib keldi. Har ikki jamoa poytaxtniki bo‘lgani uchun, O‘FF bellashuvga mezbonlik qiladigan stadion borasida “Bunyodkor”da to‘xtaldi.

15:00 da start oladigan bellashuvni tomosha qilish uchun OFK prezidenti Shayx Salmon ham tashrif buyuradi. O‘FF xabariga ko‘ra, mana shu uchrashuvni stadiondan tomosha qilish muxlislar uchun bepul qilib qo‘yildi. Final arafasida estrada yulduzlari ishtirokida konsert o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

O‘FF final o‘yini uchun video prevyu ishlab chiqdi. Bunda “Lokomotiv” va “Bunyodkor” futbolchilari rolik uchun alohida suratga tushib bergani diqqatga sazovor. “Lokomotiv” futbolchilaridan Temur Kapadze, Ignatiy Nesterov va Jaloliddin Masharipov, “Bunyodkor” vakillaridan Doston Hamdamov, Mirjamol Qosimov hamda Murod Zuxurov prevyuda chiqish qilgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют