» » Iroqda amerikalik ofitser halok bo‘ldi

Iroqda amerikalik ofitser halok bo‘ldi


Iroqda Bag‘doddan shimolda joylashgan koalitsiyaning Toji harbiy lagerida amerikalik 35 yoshli yarador ofitser halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, harbiy xizmatchining yaralanishi “jangovor harakatlar bilan bog‘liq emas”. Uning ismi Li M. Smit bo‘lgan.

Marhum harbiy Texas shtatining Arlington shahridan edi. Smit  AQSh va uning ittifoqdoshlari tomonidan IShID jangarilariga qarshi o‘tkazilayotgan “Mustahkam qat’iyat“ operatsiyasida ishtirok etgan edi.

Ofitserning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avgust oyida Pentagon vakili Iroq shimolida artilleriyadan yanglish o‘qqa tutish oqibatida ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

AQSh mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, artilleriya IShID jangarilarining minomyotdan o‘q otishiga javoban o‘t ochgan edi.

“Shu vaqtda xatolik yuz berdi, oqibatda esa yetti kishi jabrlandi”, — deyiladi Pentagon xabarida.

Xabarda xatolik nima sababdan yuz berganiga oydinlik kiritilmagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют