» » Turkiyada 32 nafar IShID tarafdori hibsga olindi

Turkiyada 32 nafar IShID tarafdori hibsga olindi


Turkiya politsiyasi 12-noyabr, yakshanba kuni Istanbul shahrida IShID terrorchilik tashkilotiga aloqadorligi gumon qilinayotgan 32 kishini hibsga oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Hibsga olinganlarning barchasi xorijiy mamlakatlar fuqarolari ekanligi aytilmoqda. Ularning qaysi millatga mansubligiga aniqlik kiritilmagan.

Gumonlanuvchilar Istanbulning oltita tumanida o‘tkazilgan reydlar davomida qo‘lga olingan. Tintuv natijasida, shuningdek, bir qator hujjatlar aniqlangan.

Turkiya huquq-tartibot organlari so‘nggi bir hafta ichida IShIDning mamlakatdagi tarafdorlariga qarshi kurashni kuchaytirdi.

10-noyabr kuni bir qator shaharlarda IShIDga aloqasi borligi gumon qilinayotgan 109 kishi qo‘lga olindi, ulardan 82 nafari xorijiy mamlakatlar fuqarolaridir.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylining ma’lum qilishicha, so‘nggi yil ichida Turkiya politsiyasi IShIDga aloqador 4000 kishini qo‘lga olgan. Ulardan 1129 nafariga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют