» » Sloveniya prezidenti ikkinchi muddatga qayta saylandi

Sloveniya prezidenti ikkinchi muddatga qayta saylandi


Sloveniyaning amaldagi prezidenti Borut Paxor davlat rahbarligiga saylovlarning ikkinchi bosqichida g‘olib chiqdi. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”. 

Byulletenlarning 99,98 foizi ko‘rib chiqilganidan so‘ng Paxor uchun saylovchilarning 52,94, uning raqibi Maryan Sharets uchun esa 47,06 foizi ovoz bergani oydinlashdi. Sharets mag‘lubiyatni tan oldi, ikkinchi bosqichdagi natijasini esa yuqori baholadi. 

22-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarning birinchi bosqichida nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz to‘plamagan, shu sababli ikkinchi bosqich belgilangandi. 

Borut Paxorning inauguratsiya marosimi dekabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Опубликовано: admin (13-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют