» » BMT bosh kotibi Eron va Iroqqa zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi

BMT bosh kotibi Eron va Iroqqa zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron va Iroqqa ikki davlat chegarasida ro‘y bergan vayronkor zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Xalqaro tashkilot rahbari halok bo‘lganlarning oilasiga hamdardlik, jabrlanganlar esa tezda oyoqqa turishiga tilak bildirdi.

“Bosh kotib zilzila tufayli boy berilgan umrlar, yuzaga kelgan vayronagarchiliklardan chuqur qayg‘uda. U mahalliy rasmiylar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rayotgan choralarni yuqori baholadi va zarurat tug‘ilsa, BMT yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi”, — deyiladi Guterrish devonxonasi xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, 12-noyabr, yakshanba kuni Eron va Iroq chegarasida sodir bo‘lgan 7,2 magnitudali zilzila oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jabrlandi. Eng ko‘p qurbonlar va vayronagarchiliklar Eronning Kirmonshoh va Ilam viloyatlarida qayd etildi. 

Опубликовано: admin (13-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют